Yangiliklar

09.03.2020

Lizingni endi onlayn rejimda rasmiylashtirish mumkin!

Lizingni endi onlayn rejimda rasmiylashtirish mumkin!

«KAMAZ-LIZING» kompaniyasi lizingni onlayn rejimda rasmiylashtirish tizimini joriy etdi: mamlakatning barcha hududlarida faoliyat ko‘rsatuvchi yuridik shaxslar va yakka tartibdagi tadbirkorlar uchun dastur

O‘zbekistonning barcha hududlarida faoliyat yurituvchi yuridik shaxslar va yakka tartibdagi tadbirkorlar uchun «KAMAZ-LIZING» kompaniyasi endi lizing xizmatini onlayn rejimda rasmiylashtirish xizmatini taklif etadi!

Yuridik shaxslar va yakka tartibdagi tadbirkorlar, o‘z faoliyatini qayerda amalga oshirishidan qat’i nazar, endi UzAutoTrailer tomonidan ishlab chiqarilgan va zavodning rasmiy dilerlarida maxsus taklif bo‘yicha omborda mavjud bo‘lgan istalgan texnikani lizingga rasmiylashtirish imkoniyatiga egalar.

Texnikani lizingga rasmiylashtirish jarayoni boshidan oxirigacha, ya’ni ariza berish, hujjatlarni rasmiylashtirish, lizing shartnomasini tuzishdan tortib,  to texnikani olishga elektron ishonchnoma berishgacha  onlayn-rejimda amalga oshiriladi.

«KAMAZ-LIZING» kompaniyasining lizing oluvchilar bilan optimallashtirilgan ish sxemasi tufayli hujjatlarning to‘liq paketi taqdim etilganidan boshlab, to texnikani ixtiyoringizga olgunga qadar bo‘lgan butun rasmiylashtirish jarayoni 3 ish kunigacha vaqtni egallaydi.

«KAMAZ-LIZING» kompaniyasi «Ishlab chiqaruvchidan LIZING» dasturining qayishqoq shartlarini taklif etadi:

  • Oldindan to‘lov — 25% dan boshlanadi
  • Lizing muddati — 36 oygacha
  • Lizing to‘lovi stavkasi — yillik 28%, STGda yuradigan gaz-motor texnikasi uchun — yillik 25%
  • To‘liq KASKO paketi
  • Transportning yo‘ldoshli monitoring

Foydali axborot — KAMAZ LEASING rasmiy kanalida.

Tafsilotlar va harakatlarning to‘liq qo‘llanmasi — lizing bo‘yicha onlayn-konsultantda

Ma’lumotlar uchun telefonlar: +998 555-01-90-90 va + 998 555-01-60-60

2024 © СП ООО «TRUCK ASIA LEASING»

Войти