Biz haqimizda

«KAMAZ ASIA LEASING» MCHJ QK 2019-yilda katta yuk avtomobillarini ishlab chiqaruvchi yirik kompaniyalar - «KAMAZ» OAO (Rossiya) va «UzAutoTrailer» MCHJ (O‘zbekiston) hamda «Lizingovaya kompaniya «KAMAZ» AJ (Rossiya) yirik avtolizing kompaniyasi ishtirokida tashkil qilingan

Kompaniya lizing mexanizmi orqali O‘zbekiston Respublikasi korxonalarining transport vazifalarini hal qilish uchun tashkil qilingan. Ayni paytda biz “Ishlab chiqaruvchidan lizing” dasturi bo‘yicha KAMAZ yuk avtomobillari, «UzAutoTrailer» MCHJ tomonidan ishlab chiqarilgan tirkamali va yarim tirkamali texnika lizingi moliyaviy xizmatini taklif qilyapmiz. Bu KAMAZ avtomobillarini lizingga xarid qilish bo‘yicha kompleks mahsulot bo‘lib, u sug‘urta, telematik uskunalarni o‘rnatishni ham o‘z ichiga oladi. 

Kompaniya tamoyillarining asosida mijozga yo‘naltirilganlik, individual yondashuv, qayishqoq narx siyosati, taqdim etiladigan mahsulot turlarini muntazam kengaytirib borish va takomillashtirish yotadi.

  • «KAMAZ ASIA LEASING» MCHJ QK bevosita ishlab chiqaruvchi bilan ishlaydigan yagona lizing kompaniyasi hisoblanadi.

  • «KAMAZ» OAO – Rossiyada og‘ir yuk avtomobillarini ishlab chiqaruvchi eng yirik korxona. Og‘ir yuk avtomobillarini ishlab chiqaruvchi yetakchi kompaniyalar 20 taligiga kiradi va to‘liq og‘irligi 16 tonnadan ortiq bo‘lgan og‘ir yuk mashinalarini ishlab chiqarish hajmlari bo‘yicha 16-o‘rinda.

  • «UzAutoTrailer» MCHJ – O‘zbekistonda KAMAZ avtotransport vositalari, tirkamali va yarim tirkamali va osma texnikani ishlab chiqaruvchi yirik korxona. Zavodning loyihaviy quvvati 3000 ta birlikka mo‘ljallangan: 2000 dona – yarim tirkama va 1000 dona – ustqurma hamda 2000 dona KAMAZ yuk shassisi.

  • «Lizingovaya kompaniya «KAMAZ» AJ - Avtolizing kompaniyasi. Rossiya lizing xizmatlari bozorida 2002-yildan buyon faoliyat ko‘rsatadi. KAMAZlar lizingi bozorida 1-raqamli kompaniya. Yuk avtotransporti segmentida lizing bozorining TOP-3 yetakchilari sirasiga kiradi.
2024 © СП ООО «TRUCK ASIA LEASING»

Войти