«KAMAZ-LIZING» kompaniyasi yakka tartibdagi tadbirkorlar bilan ishlashni boshlamoqda
Endi O‘zbekistonning barcha hududlarida faoliyat yurituvchi yakka tartibdagi tadbirkorlar ham KAMAZ avtomobillari va UzAutoTrailer tirkama texnikasini manfaatli shartlarda lizingga xarid qilishlari mumkin.
Yakka tartibdagi tadbirkorlar uchun hujjatlarning soddalashtirilgan ro‘yxati ko‘zda tutilgan:
- lizing oluvchining anketasi, pasport nusxasi
- turmush o‘rtog‘i/rafiqasining bitimga roziligi
- joriy va o‘tgan yillar uchun daromadlar va xarajatlar haqida ma’lumotnoma
- xaridorlar va buyurtmachilar bilan tuzilgan 3-4 ta yirik kontrakt ko‘rsatilgan 6 oy uchun aylanmalar haqidagi bank ma’lumotnomasi
- ko‘char va ko‘chmas mulkka egalik qilish huquqini tasdiqlovchi hujjatlar
Barcha arizalarni onlayn berish mumkin, menejerlarimiz ularni bir soat ichida ko‘rib chiqadi. Shuningdek O‘zbekistonning barcha hududlarida shartnomani onlayn tarzda tuzish va barcha hujjatlarni imzolash imkoniyati mavjud.
Lizing bo‘yicha konsultantlarimiz quyidagi telefonlar orqali savollaringizga javob beradi: +998 555-01-90-90 va + 998 555-01-60-60
hujjatlar namunalari taqdim etilgan telegram-kanalimiz: https://t.me/kamaz_leasing
Telegramda lizing bo‘yicha konsultant: https://t.me/kamaz_leasing_sale