Yangiliklar
14.02.2020Kamaz Leasing Uzbekistan kompaniyasi yakka tartibdagi tadbirkorlar uchun lizing xizmatini joriy etdi
«KAMAZ-LIZING» kompaniyasi butun O‘zbekiston hududi bo‘ylab yakka tartibdagi tadbirkorlar bilan ishlashni boshlamoqda va ularga KAMAZ avtomobillari va UzAutoTrailer tirkama texnikasini lizingga manfaatli shartlarda xarid qilishni taklif etadi. Lizing olishga hujjatlar onlayn rejimda rasmiylashtiriladi!
Avtomobil texnikasi lizingi — bu manfaatli bitim: siz katta pul sarflamaysiz, ammo ixtiyoringizga transport vositasini olasiz. «KAMAZ-LIZING» lizing oluvchi uchun manfaatli shartlarda uning uchun qulay bo‘lgan lizing shartnomasining amal qilish muddatini taklif etadi. Lizing oluvchi to‘liq hujjatlar paketini rasmiylashtirib, taqdim etganidan keyin u muntazam lizing to‘lovlarini amalga oshiradi, lizing to‘lovlarini to‘lash yakunlanganidan so‘ng avtomobil to‘liq uning mulkiga o‘tadi. Siz lizing shartnomasini tuzar ekansiz, sezilarli bir martalik sarflarsiz va uni keyin sotib olish imkoniyati bilan sifatli va ishonchli KAMAZ texnikasining egasiga aylanasiz.
Yakka tartibdagi tadbirkorlar uchun hujjatlarning soddalashtirilgan ro‘yxati ko‘zda tutilgan:
- lizing oluvchining anketasi, pasport nusxasi
- turmush o‘rtog‘i/rafiqasining bitimga roziligi
- joriy va o‘tgan yillar uchun daromadlar va xarajatlar haqida ma’lumotnoma
- xaridorlar va buyurtmachilar bilan tuzilgan 3-4 ta yirik kontrakt ko‘rsatilgan 6 oy uchun aylanmalar haqidagi bank ma’lumotnomasi
- ko‘char va ko‘chmas mulkka egalik qilish huquqini tasdiqlovchi hujjatlar
Lizingni rasmiylashtirish uchun barcha arizalarni onlayn berish mumkin, menejerlarimiz ularni bir soat ichida ko‘rib chiqadi. Shuningdek O‘zbekistonning barcha hududlarida shartnomani onlayn tarzda tuzish va barcha hujjatlarni imzolash imkoniyati mavjud.
Lizing bo‘yicha konsultantlarimiz quyidagi telefonlar orqali savollaringizga javob beradi: +998 555-01-90-90 va + 998 555-01-60-60
hujjatlar namunalari taqdim etilgan telegram-kanalimiz: https://t.me/kamaz_leasing
konsultant: https://t.me/kamaz_leasing_uz