Yangiliklar

05.03.2025

Egalari uchun foydali xakerlar

Assalomu alaykum, do‘stlar! Bugun sizlar bilan nafaqat yoqilg‘i tejashga yordam beradigan, balki – ayniqsa, kunlar isib borayotganini hisobga olgan holda – temir toychog‘ingiz uzoqroq xizmat qilishini ham ta’minlaydigan bir qancha foydali maslahatlar bilan o‘rtoqlashamiz!

- Shinalardagi bosimning me’yordaligi: Shinalardagi bosim tavsiya etilgan darajada ekanligiga amin bo‘ling, bu yoqilg‘i sarfini kamaytiribgina qolmay, rezinaning xizmat qilish umrini ham uzaytiradi. Bosimni hech bo‘lmasa oyda bir tekshirib turing!

- Vaznni kamaytirish: Avtomobildan ortiqcha ashyolarni olib tashlang. Avto qanchalik yengil bo‘lsa, shunchalik kam yoqilg‘i «ichadi». Unutmangki, har bir 100 kg ortiqcha yuk yoqilg‘i sarfini 100 km.ga 0,5-1 litrga oshiradi.

- Bir maromda yurish: Keskin tezlashish va tormoz olishdan chetlanishga intiling. Bir maromda harakatlanish yoqilg‘i sarfini qisqartirishga va dvigatelingizni avaylashga yordam beradi.

- Moyni mavsumiy almashtirish: moyni muntazam almashtirib turishni unutmang. Bu dvigatel faoliyatini yaxshilabgina qolmay, yoqilg‘i sarfini kamaytirishga ham yordam beradi. Yozgi mavsumdan oldin albatta moy miqdorini tekshirib qo‘ying!

- «Aqlli» konditsioner: Issiq kunlarda konditsionerni oqilona ishlating. Tashqari salqin bo‘lganda uni pasaytirib qo‘ying va maksimumda ishlashidan chetlaning – bu orqali yoqilg‘ini tejaysiz.

- Yozga tayyorgarlik: Dastlabki uzoq safardan oldin samosvalni to‘liq tekshiruvdan o‘tkazing. Sovutish tizimi soz ishlayotgani va sizib chiqishlar yo‘qligiga ishonch hosil qiling. Bu jaziramada bexavotir foydalanish uchun asos bo‘ladi!

Mana shu sodda tavsiyalarga rioya etib, siz pul tejabgina qolmay, safaringizni yanada qulayroq ham qilasiz!

2025 © СП ООО «TRUCK ASIA LEASING»

Войти