Yangiliklar

17.07.2025

KAMAZ 53229-1963-15

Doʻstlar, TRUCK ASIA LEASING kompaniyasi sizga ishchan model – gʻildiraklar formulasi 6x4 va yuk koʻtarish qobiliyati 14 tonna boʻlgan KAMAZ 53229-1963-15 avtosamosvalini taklif etadi. Bu qurilish, logistika va kommunal xizmat koʻrsatish sohasidagi kichik va oʻrta biznes uchun optimal yechimdir.

Samosval orqa gʻildirak uzatmali uch oʻqli shassi bilan jihozlangan, bu barqarorlikni hamda shahar, shahar tashqarisi va qishloq yoʻllarida yaxshi oʻtuvchanlikni taʼminlaydi.14 tonnalik yuk koʻtarish qobiliyati – bu “oltin oʻrtalik”dir: mashina jiddiy hajmlarning uddasidan chiqadi, shuning barobarida, ixchamlik va ekspluatatsiyada tejamkorlikka ham javob beradi.

KAMAZ 53229-1963-15 modeliga Oʻzbekiston iqlim sharoitiga moslashtirilgan qudratli va ishonchli dizel dvigateli oʻrnatilgan. Konstruksiyaning soddaligi va servis xizmat koʻrsatishning qulayligi bu modeln qurilish maydonchalarida talabgir qiladi.

2025 © СП ООО «TRUCK ASIA LEASING»

Войти